Rossiya maxsus xizmati xodimlari Moskvada Yangi yil va Rojdestvo oldidan terakt sodir etishni rejalashtirgan terrorchilar guruhini qo`lga oldi, deb xabar bermoqda “Vesti”.
Suriyalik terrorchi Abu-zarra internet orqali Ismoil ismli shaxs boshchiligidagi terrorchilik guruhini tashkil etgan.
2016 yil dekabr oyida Ismoil o`z guruhi a`zolariga Moskvaga borib, u erda o`zlariga qurol etkazishlarini kutishlarini va shaharda bayram oldidan bir necha teraktlarni sodir etishni buyurgan.
2016 yilda Rossiya maxsus xizmati Moskvada o`tkazilayotgan xokkey bo`yicha chempionat o`tkazilayotgan paytda sodir etilishi lozim bo`lgan teraktning oldini olgan.
2 may kuni Moskvada terakt o`tkazishni rejalashtirgan bir guruh terrorchilar qo`lga olingan. Ular 6 maydan 22 mayga qadar bo`lib o`tgan xokkey bo`yicha chempionatda terakt sodir etmoqchi bo`lgan.






