Parijda Eyfel minorasining chiroqlari Kanadaning Kvebekdagi masjidga bo`lgan hujumda halok bo`lgan va jabrlanganlar xotirasiga o`chirib qo`yildi, bu haqda Journal de Montreal nashri xabar berdi.
Nashrning ma`lumotlariga ko`ra, Fransiyaning asosiy osoriatiqasi qoq yarim tunda o`chirildi. Shuningdek xabarda keltirilishicha, tun davomida o`nlab kanadalik talabalar Parijdagi Kvebek maydoniga halok bo`lganlarni xotirlash uchun to`planishdi.
40 dan 100 nafargacha odam bo`lgan Kvebekdagi masjidga hujum yakshanba kuni kechki payt sodir bo`ldi. Hujum oqibatida 6 kishi halok bo`ldi, 18 kishi kasalxonaga yotkizildi, shulardan besh nafarining ahvoli og`ir deya baholanmoqda.
Kanada hukumati bo`lgan voqeani terroristik hujum deya atadi. Hujum uyushtirganlikda shu erda yashovchi Aleksandr Bisonet gumon qilindi. Unga qotillik ayblovi qo`yildi.
Eiffel tower goes dark in tribute to victims of Quebec mosque attack. https://t.co/AWr9uMb1vM pic.twitter.com/VW49DmCmbN
— ABC News (@ABC) 30 yanvarya 2017 g.






