Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi dushanba kuni ertalabki reys bilan Birlashgan Arab Amirliklariga jo`nab ketishdi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, jamoa ushbu hafta davomida amirliklarda tayyorgarlik olib boradi.
5 fevral kuni “Bunyodkor” FK vakillari Qatar poytaxti Doha shahriga etib kelishadi. 7 fevral sanasida “Bunyodkor” OChL-2017 guruh bosqichiga chiqish uchun Qatarning “Al-Jaish” klubi bilan kuch sinashadi.






