AsosiyJamiyat

​Bolalarni maktabgacha ta`lim bilan qamrab olishni jiddiy ravishda kengaytirish muhim vazifa etib belgilandi

'​Bolalarni maktabgacha ta`lim bilan qamrab olishni jiddiy ravishda kengaytirish muhim vazifa etib belgilandi'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligining 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari hamda 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”dagi ustuvor vazifalarga bag`ishlangan kengaytirilgan hay`at yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda hay`at a`zolari, boshqarma va bo`lim boshliqlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta`limi boshqarmalari boshliqlari, davlat pedagogika hamda xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari rektorlari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasining mintaqaviy filiallari direktorlari va boshqa tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbarining ma`ruzasida ta`kidlanganidek, maktabgacha ta`lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularda bolalar qamrovini oshirish, tajribali pedagog va mutaxassislarni jalb etgan holda, o`quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko`rib chiqish, bolalarda kitobxonlik madaniyatini oshirish kabi dolzarb vazifalarga alohida e`tibor qaratish zarurligi e`tirof etildi.

Mazkur yig`ilishda bolalarni maktabgacha ta`lim bilan qamrab olishni jiddiy ravishda kengaytirish, ularni maktab ta`limiga tayyorlash sifatini oshirish, maktablarda zamonaviy ta`lim dasturlarini joriy etish asosida ta`lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, shuningdek, o`quvchi-yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, maktabdan tashqari ta`lim muassasalarida o`quvchilarni qiziqishi va qobiliyatini yanada yuksaltirish, ta`lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish borasida rahbarlarning mas`uliyatini oshirish kabi vazifalar 2017 yilda bajarilishi lozim bo`lgan eng muhim vazifalar sifatida belgilandi.

Yig`ilishda erishilgan yutuqlar e`tirof etilishi barobarida kamchiliklar ham atroflicha muhokama etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko`rsatmalar berildi.

Shuningdek, kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan so`zga chiqqan ma`ruzachilar ta`lim sifati va samaradorligini kuchaytirish, ta`lim muassasalari rahbarlarining mas`uliyatini oshirish, bolalar musiqa va san`at hamda sport maktablari faoliyatini jonlantirish yuzasidan fikr-mulahazalarini bildirar ekan, bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko`tarish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar berildi. Xodimlarning kasb darajasi va malakasini oshirish, ijro intizomini mustahkamlash, ish faoliyatda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan unumli foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Hay`at yig`ilishida muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi. Unda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan muhim vazifalar belgilab olindi.

    Boshqa yangiliklar