AsosiyJamiyat

​Abdulaziz Kamilov Germaniya tashqi ishlar vaziriga tabrik yo`lladi

'​Abdulaziz Kamilov Germaniya tashqi ishlar vaziriga tabrik yo`lladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Zigmar Gabrielni Germaniya Federativ Respublikasining Federal tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan tabrikladi.

Tabrik maktubida an`anaviy do`stona, serqirra va o`zaro manfaatli O`zbekiston-Germaniya munosabatlarini yanada mustahkamlashishi va rivojlanishiga ishonch bildirildi.

“Sizning Federal iqtisodiyot va energetika vaziri sifatida ulkan ish tajribasiga egaligizni inobatga olgan holda biz mamlakatlarimiz o`rtasida savdo-iqtisodiy, investision-texnologik va moliyaviy-texnik hamkorlikni sifat jihatdan kengaytirish va oshirishga umid qilamiz”, - deya ta`kidlanadi maktubda.

Boshqa yangiliklar