AsosiyJamiyat

​31 yanvar kuni O`zbekistonning tog`li hududlarida qor yog`adi

'​31 yanvar kuni O`zbekistonning tog`li hududlarida qor yog`adi'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 31 yanvar kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 6-8 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi.

Boshqa yangiliklar