Gallup kompaniyasi tomonidan o`tkazilgan so`rovnomaga ko`ra, AQSh aholisining yarmidan ko`pi Donald Tramp inaugurasiyasidan bir hafta o`tgach, uning harakatlaridan noroziligi ma`lum bo`ldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
E`lon qilingan ma`lumotga ko`ra, 51 foiz amerikalik Tramp chiqargan qonunlardan noroziligini bildirgan. AQShning sobiq prezidentlari Barak Obama bunday ko`rsatkichga prezident bo`lib saylangandan keyin oradan bir yil o`tgach, Jorj Bush esa ming kundan keyin erishgan edi.






