AsosiySport

“Al-Hidd” ustozi Muhammad Al-Shamlan: “Nasaf”ni yutish biz uchun sensasiya bo`lmaydi

'“Al-Hidd” ustozi Muhammad Al-Shamlan: “Nasaf”ni yutish biz uchun sensasiya bo`lmaydi'ning rasmi

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri o`tish bosqichida “Nasaf” jamoasi Bahraynning “Al-Hidd” klubiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o`yin oldidan bo`lib o`tgan matbuot anjumanida “Al-Hidd” bosh murabbiyi Muhammad Al-Shamlan va himoyachi Sayid Muhammad Adnan o`z fikrlari bildirib o`tdi.

“Avvalo O`zbekistonga tashrif buyurganimdan va mehmondorchilikdan mamnunman. Tashkilotchilarga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. O`yin biz uchun juda muhim sanaladi. Mening jamoaga kelganimga atigi 3 hafta bo`ldi, shunga qaramay, men jamoa a`zosiman. “Nasaf” o`yinlarini tahlil qildik, ular OChLda katta tajribaga ega ekanini ham bilamiz. O`zbekistonda mavsum boshlanmadi va bu bizga kichik ustunlik beradi, degani emas. Raqibni hurmat qilamiz, ammo biz o`z kuchimizga ishonamiz. Bizda maqsad bor va keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz. “Nasaf”ni yutish biz uchun sensasiya bo`lmaydi. “Al-Hidd” ham saviyali va tajribali jamoa. Raqib tarkibidagi singari bizda kuchli futbolchilar bor”, – dedi Muhammad Al-Shamlan.

“Murabbiy aytilishi kerak bo`lgan barcha gaplarni aytdi. Men hech qanday qo`shimcha qilmayman. Nima uchun kelganimizni ertaga maydonda ko`rsatamiz”, – dedi Sayid Muhammad Adnan.

Eslatib o`tamiz, “Nasaf” – “Al-Hidd” uchrashuvi ertaga, 31 yanvar kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida soat 16:00 da boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar