2017 yilning 3 fevral, juma kuni O`zbekiston Futbol Federasiyasi anjumanlar zalida OAV xodimlari uchun “Futbol qoidalaridagi o`zgarishlar” mavsuzida o`quv-amaliy seminar bo`lib o`tadi.
Seminar FIFA referilari Ravshan Ermatov va Vladislav Seytlin hamda FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev tomonidan olib boriladi.
Dastlab, soat 9:00 da O`FFning sun`iy qoplamali maydonida amaliy mashg`ulotlar olib boriladi. Interaktiv mashg`ulotlar 15–20 daqiqa davom etadi.
Shundan so`ng, O`FF anjumanlar zalida 12:00 ga qadar seminar bo`lib o`tadi. O`quv-amaliy seminarda futbol qoidalaridagi o`zgarishlar haqida ma`lumotlar beriladi. Barcha OAV vakillari mazkur seminarda ishtirok etishi mumkin.






