AsosiyJamiyat

​Xorazmda O`zbekistondagi eng yirik farmasevtika korxonasi barpo etiladi

'​Xorazmda O`zbekistondagi eng yirik farmasevtika korxonasi barpo etiladi'ning rasmi

Bugun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev Xorazm viloyatida har yili 3-4,5 million AQSh dollarlik import o`rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqaradigan va 3,8 mln AQSh dollar eksportni ta`minlaydigan yangi farmasevtika korxonasining loyihasi bilan tanishdi.

“Mem gilan” xorijiy korxonasida infuzion qorishmalar, ampulalar, tabletka va kapsulalar ishlab chiqarish yo`lga qo`yilmoqda. Umumiy qiymati 29 milliard so`mlik ushbu loyiha natijasida 200 ga yaqin ish o`rni yaratiladi. Hududda bunday farmasevtika korxonasi yo`qligi bois yangi quvvat dori vositalari narxini arzonlashtirishga xizmat qiladi.

Loyiha tashabbuskorlarining 4 mlrd so`m mablag`lari hamda Milliy bankning uskunalar sotib olishga yo`naltirilgan 25 mlrd so`m krediti hisobiga amalga oshiriladi.

Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan mazkur korxona 2018 yilning ikkinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu mamlakatimizning eng yirik korxonalaridan biri bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar