Aprel oyi oxiriga qadar Toshkentdagi yirik savdo maydonlari, jumladan, Mediapark savdo markazlari tarmog`ida va jamoat joylarida qattiq xo`jalik va elektron chiqindilar uchun maxsus konteynerlar o`rnatiladi. Keyinchalik poytaxt ko`chalarida harakatlanuvchi mobil punktlar ham faoliyat olib boradi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
«Loyiha aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida ham amalga oshirilmoqda, — dedi „Toshrangmetzavod“ rangli metall chiqindilarini yig`ish boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Jonibek Berdiev. — Odamlarga eski kompyuter yoki fenni tashlash uchun atayin qaergadir borish noqulay yoki buni hech qachon qilmaydi. Biz esa shaharning barcha tumanlarida maxsus punktlarni tashkil etish orqali aholining utilizasiya muammosiga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishini rag`batlantirishni xohlaymiz».
Maxsus konteynerlarga o`z foydalanish muddatini o`tab bo`lgan xo`jalik yoki kompyuter texnikalarini keyinchalik to`g`ri qayta ishlanishi uchun tashlash mumkin. Konteynerlar turli xildagi chiqindilar uchun alohida qutichalarga ega bo`lib, o`sha erdan ular muntazam ravishda utilizasiyaga olib ketiladi.
Chiqindilar «Toshrangmetzavod» bo`linmalaridagi yuqori texnologiyali liniyalarda ham qayta ishlanishi mumkin. Shunday qilib, elektron chiqindilar ekotizimni ifloslantirishda ishtirok etmaydi.






