AsosiySport

UZREPORT TV futbolga ixtisoslashgan FUTBOL TV telekanalini tashkil etdi

'UZREPORT TV futbolga ixtisoslashgan FUTBOL TV telekanalini tashkil etdi'ning rasmi

Yurtimizdagi millionlab futbol muxlislarining talab va istaklarini inobatga olib hamda ularning futbolga bo`lgan katta qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, UZREPORT TV telekanali futbolga ixtisoslashgan yangi FUTBOL TV telekanalini tashkil etdi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo Muvofiqlashtiruvchi Kengashning yig`ilishida FUTBOL TV telekanaliga lisenziya berish to`g`risida qaror qabul qilindi.

Xabaringiz bor, UZREPORT TV telekanali Evropa Chempionlar ligasi, Evropa Ligasi, Angliya Premer-ligasi va Ispaniya chempionati o`yinlarini O`zbekistonda translyasiya qilishning eksklyuziv huquqini xarid qilgan va hozirda ushbu musobaqalardan o`rin olgan o`yinlarni jonli efirda namoyish qilib kelmoqda.

FUTBOL TV ishga tushganidan so`ng UZREPORT TV telekanalida futbol o`yinlari translyasiyasi to`xtab qolmaydi. Turli chempionatlarda bir vaqtda boshlanadigan qiziqarli uchrashuvlarning biri FUTBOL TV telekanalida namoyish etilsa, ikkinchi o`yin UzReport TV telekanalida parallel ravishda jonli efirda namoyish etiladi.

Shuningdek, FUTBOL TV telekanalida futbol uchrashuvlari jonli, yozib olingan holda va takroran namoyish qilinadi. Bundan tashqari, futbolga oid bo`lgan turli qiziqarli ko`rsatuvlarni efirga uzatib borish ko`zda tutilgan.

Hozirda FUTBOL TV telekanalining lisenziyasini rasmiylashtirish va texnik tashkiliy ishlar doirasidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. UZREPORT TVtelekanalining jamoasi tomonidan ushbu chora-tadbirlar o`z yakuniga etishi bilanFUTBOL TV telekanali ishga tushiriladi va Siz aziz futbol ishqibozlariga millionlar o`yinidan yanada ko`proq bahra olish imkoniyatini taqdim etiladi!

FUTBOL TV telekanali butun O`zbekiston bo`ylab namoyish etiladi. FUTBOL TV telekanali o`z faoliyatini shu yilning mart oyida boshlashi rejalashtirilmoqda. Ushbu telekanal ishga tushirilishining aniq sanasi alohida e`lon qilinadi. UZREPORT TV – syurprizlar davom etadi! Bu hali hammasi emas...

    Boshqa yangiliklar