Isroilda, Iordan daryosining G`arbiy qirg`og`idagi 70 metrlik tik jarlikdan avtobus pastga quladi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Isroil milliy tibbiyot xizmati bergan ma`lumotga ko`ra, avtohalokat tufayli 2 kishi halok bo`lgan 20 dan ortiq odam turli darajadagi tan jarohati olgan. Shifokorlar yana 4 kishining ahvoli o`ta og`ir darajada ekanligini bildirdi.
Kuchli shamol esganligi tufayli avtobus qoyadan pastga qulagan. Avtohalokat yuz bergan joyga tibbiyot xizmatchilarining etib borishi qiyin bo`lgani uchun yaradorlar kasalxonaga vertolyot orqali etkazilgan.






