“Qo`qon-1912” jamoasi ikki kunlik tanaffusdan so`ng tayyorgarlikning 3-bosqichini boshladi. Klub matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, kechagi mashg`ulotda serbiyalik hujumchi Filipp Rayevas ilk marta ishtirok etdi.
Filipp Rayevas 21 iyun 1992 yilda tug`ilgan. Hujumchi qo`qonliklar safiga Belgradning “OFK” klubidan kelib qo`shildi.
U bir qator Serbiya superligasi jamoalarida faoliyat yuritgan. Legioner sifatida Polsha davlatida o`ynagan. 2009 yildan beri 138 uchrashuvda maydonga tushgan va 42 ta gol urishga erishgan.






