AsosiyJamiyat

​GM Uzbekistan xizmat sifatini yaxshilash maqsadida so`rovnoma o`tkazmoqda

'​GM Uzbekistan xizmat sifatini yaxshilash maqsadida so`rovnoma o`tkazmoqda'ning rasmi

“GM Uzbekistan” kompaniyasi 2017 yilning 25 yanvaridan mijozlarga xizmat ko`rsatish va mahsulot sifatini yaxshilash bo`yicha tavsiyalarni hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo`yicha takliflarni olish maqsadida so`rovnoma o`tkazishni boshladi. Bu haqda "GM Uzbekistan" AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

“2017 yil O`zbekistonda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e`lon qilindi. O`zbekiston rahbariyati tomonidan aholi hamda tadbirkorlar duch kelayotgan mavjud muammolarni hal etish vazifasini qo`ydi”,—deyiladi xabarda.

So`rovnoma 2017 yilning 3 fevraliga qadar davom etadi. So`rovnoma davrida kelgan barcha taklif va tavsiyalarni tahlil qilib chiqqandan so`ng, “GM Uzbekistan” kompaniyasi o`z faoliyatini takomillashtirish bo`yicha reja-dastur qabul qilish rejalashtirilgan. O`zbekiston Respublikasi Hukumati darajasida qaror qabul qilinishi kerak bo`lgan masalalar ko`rib chiqilishi uchun mamlakat rahbariyatiga yuboriladi.

“GM Uzbekistan” kompaniyasi barchani mazkur so`rovnomada faol ishtirok etishga hamda mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish borasidagi takliflarni quyidagi havolalar orqali kiritishlarini so`raydi:

o`zbek tilida:

https://docs.google.com/…/1FAIpQLSd2JxLTKNMDHDlRku...

rus tilida:

https://docs.google.com/…/1FAIpQLSdPT2z1e7kYLZoIde…/viewform.

“Biz uchun har bir iste`molchining fikri muhim. O`zingizning muammoli savollaringizni, istak va takliflaringizni maksimal darajada qisqa va lo`nda aks ettiring”,—deyiladi kompaniya xabarida.

Boshqa yangiliklar