25 yanvar kuni Rossiyaning Amur viloyati Belogorsk shahridagi №1 sonli bolalar va o`smirlar sport maktabining o`quvchisi bo`lgan 16 yoshli bola mashg`ulot paytida infarktni boshdan kechirdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Sport maktabining o`quvchisi engil atletika mashg`uloti paytida o`zini yomon his qildi. O`qituvchi-murabbiy zudlik bilan “Tez yordam” ga qo`ng`iroq qildi. Etib kelgan tibbiyot xodimlari bolaning ahvolini og`ir deb baholadi, unga shoshilinch tez tibbiy yordam ko`rsatilgandan keyin kasalxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizildi.
Tekshiruvlar natijasida bolaga jiddiy yurak patologiyasi tashxisi qo`yildi. 16 yoshli bolaning infarktni boshdan kechirishi mahalliy vrachlarning ish tajribasidagi ilk holat bo`ldi.
“Shoshilinch xizmatning o`z vaqtida ko`rsatilgani, yonida odam bo`lgani bolaning hayotini saqlab qoldi. Bunday vaziyatda har bir soniya ham qadrlidir”, dedi kasalxona vrachi.
Hozirda o`smir viloyat bolalar kasalxonasining jonlantirish bo`limida davolanmoqda. Uning hushi o`ziga keldi, ahvoli barqaror, deb baholanmoqda.






