AsosiyDunyo

​Mogadishodagi mehmonxonaga uyushtirilgan hujum oqibatida 14 nafar odam halok bo`ldi

'​Mogadishodagi mehmonxonaga uyushtirilgan hujum oqibatida 14 nafar odam halok bo`ldi'ning rasmi

Jangarilarning Somali poytaxti Mogadishodagi mehmonxonaga qilgan hujumi oqibatida kamida 14 nafarga yaqin inson qurbon bo`ldi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

“Mogadisho shahridagi mehmonxona oldida avtomobilning portlashi oqibatida 14 kishi halok bo`ldi”, deb xabar berdi agentlik Twitter da.

Chorshanba kuni, ertalab Dayah mehmonxonasi darvozasiga minalangan avtomobil kelib urildi. Ketma-ket portlashdan keyin, jangarilar mehmonxona ichkarisiga bostirib kirdi va otishma bo`ldi.

Boshqa yangiliklar