AsosiyJamiyat

​Toshkentning uchta tumanida sovuq suv vaqtincha o`chiriladi

'​Toshkentning uchta tumanida sovuq suv vaqtincha o`chiriladi'ning rasmi

Toshkentning Bog`ishamol ko`chasidan Yangishahar ko`chasigacha bo`lgan hududda yangi avtomobil yo`lining qurilishi hamda Bo`zsuv anhori orqali ko`prik qurilishi munosabati bilan 26 yanvar 5:00 dan 28 yanvar 5:00 ga qadar Toshkentning Olmazor, Shayxontohur va Yunusobod tumanlarining ayrim qismlarida sovuq suv ta`minoti uzib qo`yiladi. Bu haqda “Suvsoz” korxonasining rasmiy sayti xabar bermoqda.

Qurilish ishlari olib borilayotgani munosabati bilan Bo`zsuv asosiy suv quvurlari inshootlarida suv quvurlari tarmog`i uzib qo`yiladi.

Sovuq suv o`chirilidigan hududlar

Olmazor tumani

B-1 mavzesi: Chustiy mahallasi, B-3 mavzesi: Alisher Navoiy mahallasi, S-17/18 mavzelari: Sebzor, Yangi Sebzor, Taxtapul, Beruniy maydoni, Xonchorbog`, Aloqa, Farobiy,Chimboy-2, Qorasaroy, Guzarboshi, Qo`shtut, Allon, Eski shahar, Qumloq, Xofiz Ko`hakiy, Abu Bakir, Istiqlol mahallalari, Chig`atoy darvoza mahallasining Abdulla Qodiriy ko`chasi Sebzor ko`chasidan Farobiy ko`chasigacha qismi, Farobiy, Mirzo G`olib, Beruniy ko`chalari, Talabalar shaharchasi.

Shayxontohur tumani

S-26−28 mavzelari: Gulobod, Bog`ko`cha, Sarxumdon, Qoratosh, Chaqar, Chorsu, Yangi Kamolon, Xuvaydo, Gulbozor, Suzukota, Islomobod, Oqlon, Shofayz, Yangishahar, Obinazir, Koxota, O`zbekiston, Taxtapul, Katta hovuz mahallalari, 1-bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Navoiy ko`chasi Samarqand darvoza ko`chasidan Termiz ko`chasigacha, 1-shahar klinik shifoxonasi va tug`ruqxona, Davlat sirki, Chorsu bozori, «Jar» sport majmuasi, Abror Hidoyatov teatri, Milliy akademik drama teatri.

Yunusobod tumani

Jomiy mahallasi, Naqshbandiy, Mukarrama Turg`unboeva, Mirtemir, Taxtapul darvoza, Bog`cha, Bog`iravon, Gulg`uncha, Avaz O`tar ko`chalari, Bo`zsuv mahallasi: Bog`ishamol ko`chasidagi №2, 2a uylar, Mingo`rik ko`chasining 1- va 2-tor ko`chalari, Obod mahallasi, Namangan, Bog`ishamol, Qizilqo`rg`on, O`rtasaroy, Mashinasozlar, Gulbog`, Chamanzor ko`chalari tor ko`chalari bilan.

Quyidagi hududlarda suv bosimi pasayadi:

Olmazor tumani

Bobojonov, Nodira ko`chalari.

Shayxontohur tumani

S-15, Beshyog`och mavzesi, Koxota mahallasi, 3-tuman isitish qozonxonasi.

Yunusobod tumani

4-tuman isitish qozonxonasi.

Uchtepa tumani

5-tuman isitish qozonxonasi, Shayxzoda, Farhod, Qurilish, Lutfiy ko`chasining Farhod ko`chasidan Hirmontepa ko`chasigacha qismi, Hirmontepa ko`chasi Farhod ko`chasidan Shirin ko`chasigacha.

Sovuq suv bo`lmaydigan joylarga suv tashuvchi avtomashinalar yuboriladi.

Ma`lumot uchun telefon raqamlari: Olmazor tumani: 246−99−57, Shayxontohur tumani: 273−52−39, 273−52−49, Yunusabod tumani: 235−25−64, 235−14−02, Uchtepa tumani: 274−83−45. Markaziy dispecherlik xizmati: 1054, 256−10−95.

Boshqa yangiliklar