O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Respublika Baynalmilal madaniyat markazining 25 yilligi munosabati bilan milliy madaniy markazlarning bir guruh faollarini mukofotlash to`g`risida Farmon imzoladi.
Mamlakatimizda millatlararo do`stlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatimizda turli millat va elat vakillari o`rtasida hukm surayotgan o`zaro hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini asrash, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda milliy madaniy markazlar faoliyatini rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari uchun bir guruh faollarga faxriy unvonlar berildi. Ular,
«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi»
Bazarbaeva Nurkul Alimbaevna – Navoiy viloyati Konimex tumani qoraqalpoq milliy madaniy markazi faoli, Konimex tumanidagi «Jas tulek» ansambli badiiy rahbari
«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi»
Mironov Sergey Aleksandrovich – Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktorining o`rinbosari
Yurtimizda bag`rikenglik, tinchliksevarlik va insonparvarlik muhitini mustahkamlash, milliy madaniyatlar, urf-odat va an`analarning o`ziga xosligini saqlash va rivojlantirish, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo`shgan munosib hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Muhammadiev Nasriddin – Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktori
«Do`stlik» ordeni bilan
Abaev Arazmuxammet Allabaevich – Qoraqalpog`iston Respublikasi turkman milliy madaniy markazi faoli, To`rtko`l tumani «Mekan» gazetasi bosh muharriri
Alieva Kaykep Mirievna – Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazining «Ozarbayjon qizlari» ansambli badiiy rahbari
Gataullina Anisya Adixamovna – Toshkent viloyati Yangiyo`l tumani tatar milliy madaniy markazi raisi
Golubsova Faina Semenovna – Sirdaryo viloyati rus milliy madaniy markazi raisi
Izyumov Po`latbek Allamovich – Xorazm viloyati qozoq milliy madaniy markazi raisi
Karimov Baxtiyor Rahmonovich – Respublika baynalmilal madaniyat markazi faoli, Toshkent davlat texnika universitetining «Falsafa va milliy g`oya» kafedrasi professori
Kim Oleg Antonovich – Jizzax viloyati koreys milliy madaniy markazi raisi
Mamatalieva Umutxon Ixvolovna – Andijon viloyati qirg`iz milliy madaniy markazi faoli, Jalaquduq tumanidagi 27-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori
Ergashev Abdurasul – Qashqadaryo viloyati tojik milliy madaniy markazi raisi, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining «Avtomatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi professori
«Shuhrat» medali bilan
Abduraxmanov Semen Pinxasovich – Farg`ona viloyati yahudiy milliy madaniy markazi raisi
Dovidaytis Lidiya Grigorevna – Toshkent shahar litva milliy madaniy markazi raisi
Kayzer Natalya Filippovna – Samarqand viloyati nemis milliy madaniy markazi raisi, Samarqand engil sanoat va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o`qituvchisi
Kanaev Dinislom Akimbaevich – Toshkent viloyati qozoq milliy madaniy markazi raisining o`rinbosari
Mirones Olga Artemovna – Nukus shahridagi «Slavutich» ukrain milliy madaniy markazi raisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi laboratoriya mudiri
Muradov Anvar Mahmudovich – Namangan viloyati tojik milliy madaniy markazi faoli, «Ovozi tojik» gazetasining Namangan viloyati bo`yicha muxbiri
Panjiev Niyozmuhammad Ro`zimuhammedovich – Qashqadaryo viloyati arab milliy madaniy markazi raisining o`rinbosari, Mirishkor tumanidagi 20-umumiy o`rta ta`lim maktabi o`qituvchisi
Saakov Georgiy Ashotovich – Respublika arman milliy madaniy markazi faoli, «Depi Apaga» jurnali bosh muharriri
Xalibaeva Nortoji Toshtonovna – Farg`ona viloyati qirg`iz milliy madaniy markazining «Suluv qiz» ansambli badiiy rahbari, Farg`ona tumanidagi 25-umumiy o`rta ta`lim maktabi o`qituvchisi
Shayqulov Qurbonmurod Choriyorqulovich – Surxondaryo viloyati turkman milliy madaniy markazi faoli, Uzun tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori
Shubnikova Nina Afanasevna – Toshkent shahar «Svitanak» belorus milliy madaniy markazi raisining o`rinbosari
Shukurov Juma Kotibovich – Buxoro viloyati turk milliy madaniy markazi raisining o`rinbosari, Buxoro shahridagi 16-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori.






