AsosiyDunyo

​Omsklik qizcha tomog`iga tiqilgan tugmacha mix bilan ikki oy yurdi

'​Omsklik qizcha tomog`iga tiqilgan tugmacha mix bilan ikki oy yurdi'ning rasmi

Rossiyaning Omsk shahar jarrohlari 13 yoshli qizchaning bronxidan ikki oy davomida turgan kanselyariya tugmacha mixi (knopka)ni olishdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Qizchani ota-onasi shahar kasalxonasining yiringli jarrohlik bo`limiga ikki oydan beri yo`tali to`xtamayotganidan shikoyat qilib, olib keldi. Ular qizni dori-darmon bilan davolab bo`lmaydigan virusli infeksiya yuqtirgan, deb o`ylashdi.

Qizchaning ko`krak qafasi rentgen qilinganda, uning bronxida yot jism borligi aniqlandi. Jarrohlar tugmachali mixni nafas yo`li orqali chiqarishdi. Keyinchalik qizcha tugmachali mixni og`ziga solib o`ynayotganda tasodifan yutib yuborganligini, ammo buni ota-onasiga aytishga qo`rqqanligini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar