AsosiySalomatlik

​Ortiqcha vaznni yo`kotish, immunitetni mustahkamlash va kayfiyatni a`lo bo`lishi uchun shifoli vannalar

'​Ortiqcha vaznni yo`kotish, immunitetni mustahkamlash va kayfiyatni a`lo bo`lishi uchun shifoli vannalar'ning rasmi

Teringizni muloyim bo`lishini, ortiqcha vazn muammosini bartaraf etib, immunitetni mustahkamlashni, turli xil kasalliklardan qutulishni va kayfiyatni a`lo bo`lishi uchun nimalar qilish kerak deb o`ylanib qolasizmi? Javobi oddiy. Vanna qabul qiling!

Issiq va sovuq

Kontrast dush (issiq va sovuq suv qabul qilish) – eng foydali va shifobaxsh vanna hisoblanadi. Qon tomirlarni kengayishi va torayishiga bunday vannaning foydasi katta. Yurak faoliyatini va qon aylanish tizimini yaxshilashga foydalidir. Tushunarli qilib aytadigan bo`lsak moddalar almashinuviga yordam beradi. Yana bunday dush qabul qilish orqali ozish borasidagi muammolardan qutulish, qon bosimni me`yorlashtirish, qon tomirlarning varikoz kengayishiga, turli stress, uyqusizlikdan qutulishga yordam beradi.

Tuzli vanna

Tuzli vannalar teriga minerallarni to`yintirish xususiyatiga egadir. Tuzli vannalar og`riqlarni yo`qolishiga yordam beruvchi, tinchlantiruvchi, terini muloyim va tirnoqlarni mustahkam qilish xususiyatiga ega. Agarda o`zingizni sal narsaga charchaydigan, holsizlanadigan sezsangiz haftada bir marta tuzli vanna qabul qiling. Kuchlaringiz qaytib keladi.

Qanday foydalanish kerak? Shifobaxsh bo`lishi uchun 1-2 kg. tuzni vannaga solib suv quyiladi. Ahvolingizga qarab tuzli vanna vaqtini belgilaysiz. 20 daqiqadan oshgan vanna yurakka og`irlik qiladi.

Xantal (gorchisa) shamollashda

Xantalli vannani shamollash boshlanganda foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday vanna terlatuvchi vanna hisoblanadi. Shamollashdan tashqari bunday vannani yurakning ishemik kasalligida, bronxial astma (xantalga allergiya bo`lmasa), surunkali bronx yo`llarining shamollashlarda yordam beradi.

Qanday foydalanish kerak? Avval xantal poroshogini suvda aralashtirib olinadi. 10-15 litr suvga 10-15 gr. hisobida solingan holda 15 daqiqa davomida vanna qabul qilinadi. Vanna qabul qilib bo`lgach darhol o`ranish kerak.

Boshqa yangiliklar