AsosiyJamiyat

​Prezidentning O`zbekistonni rivojlantirish to`g`risidagi Farmoni loyihasi bo`yicha fuqarolardan 500 dan ortiq izoh qoldirildi

'​Prezidentning O`zbekistonni rivojlantirish to`g`risidagi Farmoni loyihasi bo`yicha fuqarolardan 500 dan ortiq izoh qoldirildi'ning rasmi

24 yanvar kuni “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi muhokamasi bo`yicha fuqarolardan 518 ta izoh kelib tushdi.

Mazkur hujjat mamlakatimizning kelgusi besh yillik islohotlarining muhim platformasi bo`ladi. Davlatimiz rahbarining Farmoni loyihasi keng muhokamalar uchun Regulation.Gov.Uz portalida ochiq turibdi. Unga istalgan kishi o`zining taklif va mulohazalarini yozib qoldirishi mumkin.

Saytdagi statistikaga ko`ra, hozirga qadar 43 ta taklif ko`rib chiqilgan bo`lib, shulardan 18 tasi qabul qilingan va 25 tasi rad etilgan.

Ta`kidlash joizki, Portalga nafaqat izoh qoldirish, balki izohingiz ko`rib chiqish uchun qabul qilinganligi yoki nima sababdan rad etilganligiga sharhlarni ham ko`rish mumkin.

Eslatib o`tamiz, ushbu kunlarda Farmon loyihasining muhokamasiga bag`ishlangan Media-kunlar ham tashkil etilgan.

Boshqa yangiliklar