AsosiyJamiyat

​“Toshshahartransxizmat” qoshida fuqarolar qabulxonasi tashkil etildi

'​“Toshshahartransxizmat” qoshida fuqarolar qabulxonasi tashkil etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2016 yil 28 dekabrda "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida" farmon qabul qildi.

Farmonda belgilangan ustuvor vazifa va maqsadlarni bekamu ko`st bajarish maqsadida bugungi kunda mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxona va tashkilotlarda Xalq qabulxonalari tashkil etilmoqda, deyiladi "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati saytida.

"Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyatida ham ana shunday fuqaro qabulxonasi tashkil etildi. Shuningdek, bu borada jamiyat boshqaruv raisining 2017 yil 5 yanvarda "O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida"gi PF-4904-sonli Farmoni va Toshkent shahar hokimining 2017 yil 3 yanvardagi 7-sonli qarorining ijrosi to`g`risida" maxsus buyrug`i qabul qildi. Ushbu buyruqda jamiyatning bo`lim va xizmat boshliqlari, uning tarkibidagi korxonalar rahbarlariga aniq ko`rsatma va topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, jamiyatga yozma, og`zaki va elektron tarzda ham murojaatlar qabul qilinmoqda. Jumladan, 2017 yilning 17 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan jamiyatga tegishli 750 murojaat kelib tushgan. Shundan 739tasi ijobiy hal etildi. Qolganlari yuzasidan tegishli choralar ko`rilmoqda.

Aytish joizki, fuqarolar jamiyatning www.tshtx.uz sayti hamda 1062 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali ham murojaat, taklif va mulohazalarini bildirishi mumkin.

Muxtasar aytganda, Prezidentimizning mazkur farmoni yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholi huquq va manfaatlarini ta`minlash, barcha darajadagi tashkilotlar faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Boshqa yangiliklar