AsosiyJamiyat

​Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag`ishlangan media-haftalikning ilk kuni nihoyasiga etdi

'​Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag`ishlangan media-haftalikning ilk kuni nihoyasiga etdi'ning rasmi

International Hotel Tashkent mehmonxonasida 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag`ishlangan media-haftalikning ilk kuni nihoyasiga etdi.

Media-haftalik dasturi mazmunan ikki qismga bo`lingan, undan harakat strategiyasining beshta yo`nalishi taqdimotlari, brifinglar, matbuot anjumanlari, tok-shoular o`rin olgan.

5 kun davom etadigan media-haftalikdda ishtirokchilar o`z fikr-mulohazalari bilan o`rtoqlashish, Harakat strategiyasining loyihasi va ahamiyati va mazmunini muhokama qilish imkoniga ega bo`lishadi hamda bu borada aholiga tushuntirishlar berishadi.

Haftalikning ilk kunida Harakat strategiyasi loyihasining “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo`nalishlari” muhokama etilib, ishtirokchilar tomonidan taklif va mulohazalar berildi.

Media-haftalik 27 yanvarga qadar o`z ishida davom etadi.

Boshqa yangiliklar