AsosiyDunyo

​Avstraliyalik aktyor klip suratga olinayotganda otishmadan halok bo`ldi

'​Avstraliyalik aktyor klip suratga olinayotganda otishmadan halok bo`ldi'ning rasmi

Avstraliyalik aktyor mahalliy Bliss n Eso xip-xop guruhining qo`shig`iga suratga olinayotgan klipning s`yomka jarayonida otishmadan halok bo`ldi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Mazkur klipda bardagi otishma aks etishi lozim edi. Mahalliy polisiyaning xabar berishicha, xavfli s`yomka jarayonida guruhning o`zi ishtirok etmagan, ularning sahnasi alohida suratga olingan. S`yomka paytida aktyorlardan biri ko`kragiga tekkan o`qdan halok bo`ldi. Hozirda polisiya mazkur faktga oydinlik kiritmoqda.

Huquq-tartibot idorasi xodimlari aktyorning o`limini “ish paytida olingan jarohat”, deb tan oldi. S`yomka guruhi voqeaga oydinlik kiritishda polisiyaga yordam bermoqda.

Qotillik sodir etilgan Brooklyn Standard barining egasi s`yomka ishlarini amalga oshirish uchun barni bir kunga ijaraga berganligini ma`lum qildi. Voqea sodir bo`lganda barda ishlovchi xodimlardan hech kim bo`lmagan. Guruh a`zolari klipda suratga tushishni xohlovchilarni kasting asosida tanlab olgan.

Boshqa yangiliklar