AsosiyJamiyat

​Krista Pikkat Toshkentda tashkil etilgan media-haftalik borasidagi fikrlari bilan o`rtoqlashdi

'​Krista Pikkat Toshkentda tashkil etilgan media-haftalik borasidagi fikrlari bilan o`rtoqlashdi'ning rasmi

Bugun, 23 yanvar poytaxtdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag`ishlangan media-haftalik start oldi. Media-haftalikda ekspert va jurnalistlar jamoatchiligi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat tashkiloti vakillari, taniqli shaxslar ishtirok etmoqda.

Krista Pikkat, YuNESKOning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari:

“O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag`ishlangan media-haftalikda ishtirok etayotganimdan mamnunman. Mazkur media-maydoncha diplomatik korpus vakillarining samarali faoliyat yuritishlari uchun barcha shart-sharoitlarni o`zida jamlagan. Bu o`ta quvonarli hol. Media-haftalik dasturidan o`rin olgan Harakat strategiyasining beshta yo`nalishi taqdimotlari, ular yuzasidan ochiq muhokama va munozara tarzida bo`lib o`tadigan brifing va matbuot anjumanlari qiziqarli va foydali tarzda o`tadi, degan umiddaman”.

Boshqa yangiliklar