O`tgan mavsumni “Buxoro” klubida o`tkazgan o`zbekistonlik himoyachi Maksimilian Fomin o`z faoliyatini Ummonda davom ettiradi. 23 yoshli futbolchi “Saham” klubi bilan shartnoma imzoladi.
O`FF matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Maksimilian Fomin yangi klubi safida Saudiya Arabistonining “Al-Tavon” jamoasiga qarshi nazorat o`yinida maydonga ham tushgandi.
“Saham” 1972 yilda tashkil topgan. Jamoa 2013 yili Ummon chempioni bo`lgan edi. Shuningdek, mazkur klub ikki karra Ummon Superkubogi sohibiga sanaladi. Ayni vaqtda “Saham” Ummon chempionati 13-turidan keyin 18 ochko to`plagan holda 14 jamoa orasida 6-o`rinda bormoqda.
Ma`lumot uchun, Maksimilian Fomin 1993 yilning 21 sentyabr kuni tavallud topgan. U faoliyati davomida Toshkentning “Paxtakor” (2013–2014), Samarqandning “Dinamo” (2015) va “Buxoro” (2015–2016) klublarida to`p surgan. Bundan tashqari, Fomin O`zbekiston U-20 va O`zbekiston U-23 terma jamoalari sharafini himoya qilan.






