AsosiySport

Sardor Rashidov to`p surayotgan “Al-Jaish” yirik hisobda taslim bo`ldi

'Sardor Rashidov to`p surayotgan “Al-Jaish” yirik hisobda taslim bo`ldi'ning rasmi

Kecha Qatar Yulduzlar ligasining 17-tur uchrashuvlariga yakun yasaldi. Turning markaziy uchrashuvida Osiyo Chempionlar ligasi “pley-off” bosqichidagi raqibimiz “Al-Jaish” klubi amaldagi chempion “Al-Rayyan” jamoasini qabul qildi.

Qiziqarli kechgan bahsda Sardor Rashidov va uning jamoadoshlari raqibga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo`yishdi. Shu tariqa, bungacha musobaqa jadvalining 3-pog`onasida borgan “Al-Jaish” o`z joyini “Al-Rayyan”ga bo`shatib, 4-o`ringa tushib ketdi.

Qatar Yulduzlar Ligasi, 17-tur

“Al-Jaish” – “Al-Rayyan” 1:4 (1:1)

Gollar: Sebastyan Soriya 13 penalti (0:1), Lukas Mendes 30 (1:1), Serxio Garsiya 33 (1:2), Rodrigo Tabata 75 (1:3), Nazan Otavio 82 (1:4)

“Al-Jaish”: 22.Saud Al-Hater, 2.Murod Naji, 4.Lukas Mendes, 6.Yosir Abubakir, 8.Yusuf Muftah (67.Jassim Al-Xoshimi 83), 10.Sardor Rashidov, 14.Muhammad Moznani, 15.Dame Traore, 18.Muhammad Al-Yazidi, 24.Seydu Keyta, 55.Abdulqodir Ilyos (13.Solih Al-Yahri 83).

    Boshqa yangiliklar