“Barselona” jamoasi Ispaniya chempionati 19-turida safarda “Eybar” futblchilari bilan o`zaro bahs olib bordi. Gollarga boy kechgan o`yinda kataloniyaliklar 4:0 hisobida zafar quchdi.
Mazkur uchrashuvda gollarga Denis Suares, Lione Messi Messi, Luis Suares va Neymar mualliflik qildi. G`alabadan so`ng kataloniyaliklar ochkolari hisobini 41 taga etkazib, uchinchi o`rinda qoldi.
“Eybar” – “Barselona” 0:4
Gollar: 0:1 – 31 D. Suares, 0:2 – 50 Messi, 0:3 – 68 L. Suares, 0:4 – 90+1 Neymar.
“Eybar” – Yoel, dos Santos, Luna (Rivera, 82), Kapa, Lejen, Eskalante, Dani Garsiya, Gonsales (Riko, 74), Leon, Inui (Penya, 78), Enrik.
“Barselona” – ter Stegen, Mate, Umtiti, Alba, Serdji Roberto (Aleish Vidal, 65), Rakitich, Buskets (D. Suares, 10), Turan, Neymar, Messi, L. Suares (Pako Alkaser, 76).
Ogohlantirishlar: Eskalante (26), Kapa (39), Turan (42), Enrik (44).






