Olimlar AQShning Janubiy Dakota ko`lida bir to`da baliqlarning qanday qilib, bir lahzada muzlab qolgani haqida bosh qotirishmoqda, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Yovvoyi tabiat milliy rezervati o`zining Facebook sahifasiga fototanlovga qo`yilgan suratlardan birini joylashtirdi. Unda o`nlab baliqlarning to`rt metrlik muz devori ichida muzlab qolgani aks etgan. Keyinroq bu fotosuratni AQSh ichki ishlar departamenti o`zining Twitter mikroblogida bo`lishgan.
Bu rasmni 2015 yilda o`qituvchi va qush ovlovchi Kelli Prexeym suratga olgan. Fotosurat muallifining aytishicha, o`sha payda Janubiy Dakotada kuchli qurg`oqchilik bo`lib, ko`l suvi kamaygan. Ko`lning yuza qismi qalin muz bilan qoplangan, oqibatda kislorod kamayganligi tufayli baliqlar bo`g`ilib, o`lgan.
Olimlarningfikricha, muzli devor hosil bo`lishining ikki sababi bor. Kun qattiq soviganda muz kengayib, qirg`oqqacha yoriladi. Boshqa taxminga ko`ra esa, kuchli shamol ichida baliqlar muzlagan suvni yuqoriga ko`targan.





