O`zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Australian Open musobaqasining uchinchi davrasida ispaniyalik Pablo Karreno Bustaga qarshi bahs olib bordi.
Uch yarim soat davom etgan bellashuvda hamyurtimiz, 5 ta set natijasiga ko`ra 6:4, 4:6, 6:4, 4:6, 6:2 hisobida zafar quchib, nimchorak finalga yo`l oldi.
Eslatib o`tamiz, Denis Istomin ikkinchi davrada jahonning ikkinchi raketkasi Novak Jokovichni mag`lubiyatga uchratgan edi.





