Dominik Jozef Puopolo Twitter`dagi sahifasiga AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning hayotiga to`g`ridan-to`g`ri xavf soluvchi mazmunga ega xabarni joylashtirdi.
Polisiyaning ma`lumotiga ko`ra, Puopolo Trampning lavozimga kirishish marosimida ishtirok etishi va o`z rejasini o`sha erda amalga oshirishini aytgan.
“Men inaugurasiya marosimida qatnashaman va Trampni o`ldiraman”,deb yozgan u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.Polisiya erkakning turar joyini aniqlashga muvaffaq bo`lgan.
Asli bostonlik bo`lgan Puopolo 51 yoshda. Erkak rasmiy ravishda uysiz sifatida ro`yxatdan o`tgani uchun uni izlash ishlari biroz qiyin kechgan. Hozirda Puopolo hibsga olingan. U bir necha kunni qamoqda o`tkazishga majbur.





