Yaponiyaning “Jubilo Ivata” jamoasi a`zosiga aylangan o`zbekistonlik yarim himoyachi Fozil Musaev yangi klub safida ilk mashg`ulotlarini o`tkazib, yaponiyalik jurnalistlarga tanishtirildi.
Tanishtiruv 19 yanvar, payshanba kuni klub bazasida bo`lib o`tdi. Shunday keyin Fozil Musaev jamoaning barcha futbolchilari bilan mashg`ulotda ishtirok etdi.
Eslatib o`tamiz, 2016 yilgi mavsumni Qarshining “Nasaf” klubi safida o`tkazgan yarim himoyachi Yaponiya klublari safida to`p suradigan o`zbekistonlik birinchi futbolchi sifatida qayd etildi.
Ma`lumot uchun, “Jubilo Ivata” 1972 yilda tashkil etilgan bo`lib, Yaponiyaning eng sovrindor jamoalari ro`yxatida uchinchi o`rinni band etib turibdi. Jamoa uch marta (1997, 1999, 2002) J-Liga, uch bora mamlakat Superkubogi, ikki bora Yaponiya Kubogi, shuningdek, Imperator Kubogi g`olibi bo`lgan. 1999 yilda klublar o`rtasidagi Osiyo chempionati g`olibi hisoblanadi.





