AsosiySport

Italiya Kubogi. “Roma” yirik hisobda “Sampdoriya”ni engib, chorak finalga chiqdi

Italiya Kubogi nimchorak finalida “Roma” jamoasi o`z maydonida “Sampdoriya” futbolchilarini qabul qildi.  

Qiziqarli va gollarga boy kechgan o`yinda rimliklar safida Roja Nainggolan dubl qayd etgan bo`lsa, Edin Jeko va Stefan El-Shaaravi bittadan gol kiritishdi, hamda “Roma”ning chorak finaliga chiqishini ta`minladi.

Shu tariqa Luchano Spalletti shogirdlari Italiya Kubogining chorak finaliga yo`l oldilar. Keyingi bosqichda ularni “Chezena” kutib turibdi.

“Roma” – “Sampdoriya” 4:0

Gollar: 1:0 – 39 Nainggolan, 2:0 – 47 Jeko, 3:0 – 61 El-Shaaravi, 4:0 –90 Nainggolan.

“Roma” – Alisson, Fasio, Jezus, Mariu Ruy (Emerson, 78), Ryudiger, Nainggolan, de Rossi, El-Shaaravi (Perotti, 67), Paredes, Bruno Peres, Jeko (Totti, 62).

“Sampdoriya” – Pujoni, Silvestre, Dodo (Pavlovich, 78), Bereshinski, Rejini, Jurichich, Chigarini, Fernandesh, Linetti (Prat, 68), Muriel, Budimir (Shik, 62).

    Boshqa yangiliklar