Londonning “Arsenal” klubi rahbariyati Aleksis Sanchesni “Yuventus” yarim himoyachisi Miralem Pyanichga almashmoqchi.
Chili terma jamoasi hujumchisi London klubi bilan shartnomani uzaytirgisi kelmayapti va “to`pchilar” uning erkin agentga aylanishidan avval foydalanib qolmoqchi.
Ma`lumot uchun, Aleksis Sanches joriy mavsumda 14 ta gol kiritgan holda Angliya chempionati to`purarlari qatorida bormoqda. Miralem Pyanich esa 14 o`yinda jami 5 ta gol urgan.





