Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi Bratsk shahrida yashovchi ayol o`z farzandlarini bo`g`ib o`ldirdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Voqea Energetik mikrorayonida ro`y berdi. Nomi oshkor etilmagan ayol o`zining 5 yoshli qizi va 2 yoshli o`g`lini adyol bilan bo`g`ib o`ldirgan, keyin o`zi polisiya chaqirgan. Mazkur oila shaharda hurmat-e`tiborga sazovor bo`lgan. Hozircha ayol nima maqsadda bolalarini o`ldirganiga aniqlik kiritilmoqda.





