“Real” jamoasi Ispaniya Kubogi chorak final ilk o`yini doirasida “Selta”ga qarshi bahs olib borib, 1:2 hisobida mag`lubiyatga uchradi.
40 o`yindan iborat mag`lubiyatsiz seriyadan so`ng “Qirollik klubi” qatorasiga ikkinchi mag`lubiyatga qabul qilib oldi.
“Championat.com” nashrining xabar berishicha, madridliklar 2015 yilning noyabr oyidan buyon ilk marta ketma-ket ikki o`yinda mag`lubiyatga uchradi.
O`shanda jamoani ispaniyalik mutaxassis Rafael Benites boshqarib borgandi. Eslatib o`tamiz, “Real”ning avvalgi mag`lubiyati Ispaniya chempionati doirasida “Sevilya”dan (1:2) qabul qilib olingandi.





