Amerika qo`shma shtatlari poytaxti Vashington shahrida Donald Trampning inaugurasiyasi munosabati bilan tantanali va rasmiy tadbirlar start oladi, deb xabar beradi “Vesti”.
Bugun tongda “Xalq ovozi” nomli konsert o`tkazilishi rejalashtirilgan. Konsert Linkoln memorial majmuasida bo`lib o`tadi. Shundan so`ng Donald Tramp va prezidentning birinchi o`rinbosari Mayk Pens Noma`lum askar qabriga gulchambar qo`yadi.
Prezidentning qasamyod qabul qilish marosimi esa 20 yanvar kuni tongda bo`lib o`tishi kutilmoqda. Bugun inaugurasiyada Katta Jorj Bush ishtirok eta olmasligi ma`lum bo`ldi. AQShning sobiq prezidenti mazkur ma`lumotni Trampga xat orqali ma`lum qildi. Shifokorlar unga o`rnidan turib yurishni taqiqlagan.





