AsosiySport

Angliya Kubogi. “Liverpul” bir amallab quyi liga vakilini mag`lub qildi

Angliya Kubogi turnirining uchinchi bosqich javob o`yinida “Plimut” o`z maydonida “Liverpul” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.

Dastlabki o`yinda 0:0 hisobida durang qayd etilgani uchun javob o`yini bo`lib o`tdi. Mazkur uchrashuvda Lukas Leyva tomonidan 18-daqiqada kiritilgan yagona gol mersisaydliklarni 4-bosqichga olib chiqdi.

Qayd etish kerakki, “Liverpul” musobaqaning 4-bosqichida “Vulverxempton” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

“Plimut” – “Liverpul” 0:1

Gol: 0:1 – 18 Leyva.

“Plimut” – Makkormik, Songo`O, Trelkeld, Perrington, Bredli, Foks, Keri, Donaldson (Tenner, 67), Garita (Runi, 72), Jervis, Slyu (Bulvitis, 80).

“Liverpul” – Karius, Vudbern, Moreno, Gomes, Ejaria, Aleksander-Arnold, Koutino (Uilson, 65), Leyva, Styuart, Origi, Starrij (Odjo, 76).

Ogohlantirishlar: Gomes (25), Ejaria (51), Odjo (84), Songo`O (86), Perrington (90).

    Boshqa yangiliklar