AsosiyDunyo

Orenburgda 12 yoshli qizchani o`g`irlagan jinoyatchi qo`lga olindi (Video)

Rossiyaning Orenburg shahrida 12 yoshli Anastasiya Dyakovani o`g`irlagan jinoyatchi qo`lga olindi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri. 

Qizchani o`g`irlagan jinoyatchining avtomashinasi shahar axlatxonasi yonidan topildi.

Jinoyatda 29 yoshli, permlik yigit gumonlanmoqda. U o`z aybiga iqror bo`ldi, ammo jinoyatni nima maqsadda amalga oshirgani hozircha noma`lum.

Anastasiya 17 yanvar kuni Rodimsev ko`chasidagi uyi oldida o`g`irlangan. Jinoyatchi undan yolg`onni yordam so`rab, mashinaga o`tqazgan. Qizcha mashina yukxonasidan turib, onasiga qo`ng`iroq qilgan va yordam so`ragan. 

Polisiya “Tutish” tadbirini e`lon qildi, huquq-tartibot idorasi xodimlarining sa`y-harakati bilan jinoyatchi shahardan chiqib ketolmadi.

Uni izlashda barcha xizmatlar, ko`ngillilar ishtirok etdi. Yarim tunda avtomobilning turgan joyi aniqlandi.

    Boshqa yangiliklar