Rossiyaning Omsk shahar aholisi shahar ustidan uchib o`tgan yorug`, noma`lum uchar jism aks etgan videorolikni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru nashri.
G`aroyib voqea 16 yanvar kuni kechqurun bo`ldi. Shaharning aksariyat aholisi shahar ustidan uchib o`tgan yorug` jismni ko`rishga muvaffaq bo`lgan. Noma`lum jism hech qanday ovoz chiqarmagan.
Yorug` noma`lum jism bir necha avtomobillarning vedoregistratori orqali ham qayd etilgan. Uni ko`rgan odamlar bu noma`lum jism meteoritdir, degan xulosaga keldi.





