AsosiyJamiyat

O`zbekiston aholisi soni bo`yicha statistika e`lon qilindi

Davlat statistika qo`mitasi axborot xizmati taqdim etgan ma`lumotlarga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2017 yil 1 yanvar holatiga 32121,1 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 545,8 ming kishiga yoki 1,7 foizga o`sgan. 

Jumladan, shahar aholisi soni 16238,5 ming kishini (jami aholi soniga nisbatan 50,6 %), qishloq aholisi soni 15882,6 ming kishini (jami aholi soniga nisbatan 49,4 %) tashkil etdi.

2016 yilning yanvar-dekabr davrida respublika bo`yicha ko`chib kelganlar soni 141,7 ming kishini, ko`chib ketganlar soni esa 168,3 ming kishini tashkil etdi. Migrasiya saldosi minus 26,6 ming kishini tashkil etdi (2015 yilda minus 29,3 ming kishi bo`lgan).

Migrasiya saldosining yuqori darajasi Toshkent (minus 5,5 ming kishi), Samarqand (minus 4,4 ming kishi) viloyatlarida va Qoraqalpog`iston Respublikasida (minus 4,6 ming kishi) qayd etildi.

Boshqa yangiliklar