CIES Football Observatory tadqiqotlar markazi dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingini tuzib chiqdi. Unga ko`ra, hozirgi kunda “Barselona” hujumchisi Neymar dunyoning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. Uning naxri 246,8 million evroga teng.
Qimmatligi bo`yicha ikkinchi o`rinni Lionel Messi egalladi. Argentinalik futbolchini 170,5 million evroga baholashmoqda. “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba 155,3 million evroga baholandi va kuchli uchlikka kirdi.
Narxi 126,5 million evroga baholangan “Real” etakchisi Krishtianu Ronaldu qimmatligi bo`yicha reytingda 7-pog`onadan joy oldi.
Dunyoning eng qimmat darvozaboni Yan Oblak (“Atletiko”, 59,8 mln evro) deb topildi. Eng qimmat markaziy himoyachi Rafael Varan (“Real”, 64 mln evro), eng qimmat qanot himoyachisi esa Ektor Belerin (“Arsenal”, 70,3 mln evro) bo`ldi eng.
Dunyoning eng qimmat futbolchilari o`nligi:
1. Neymar (“Barselona”) – 246,8 milliona evro
2. Lionel Messi (“Barselona”) – 170,5
3. Pol Pogba (“Manchester Yunayted”) – 155,3
4. Antuan Grizmann (“Atletiko”) – 150,4
5. Luis Suares (“Barselona”) – 145,2
6. Xarri Keyn (“Tottenxem”) – 139,2
7. Krishtianu Ronaldu (“Real”) – 126,5
8. Paulo Dibala (“Yuventus”) – 113,8
9. Dele Alli (“Tottenxem”) – 110,5
10. Eden Azar (“Chelsi”) – 101,5.





