AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev: Nima sababdan plastik kartochkalarni muomalaga kiritishdan avval mexanizm puxta ishlab chiqilmagan

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida plastik kartochkalar va ularning mexanizmlari masalasiga ham to`xtalib o`tdi.

Nima sababdan plastik kartochkalarni muomalaga kiritishdan ilgari barcha mexanizmlar puxta ishlab chiqilmagan? Nima uchun ko`plab tashkilotlar, eng avvalo, byudjet tashkilotlari xodimlari – o`qituvchilar, vrachlar, xizmatchilar va hatto pensionerlar, ayrim amaldorlarning qo`shtirnoq ichidagi «yangilik»laridan qiynalishi kerak?, dedi davlatimiz rahbari.

Eng muhim dasturlar, loyiha va vazifalar bo`yicha qabul qilingan ayrim qarorlar yoki umuman real moliyalashtirish manbalari bilan ta`minlanmagan, yoki qoldiq prinsipi bo`yicha moliyalashtiriladi. Shavkat Mirziyoev to`lov intizomi oqsayotganligini alohida qayd etdi.

Jami 18 trillion so`mlik debitor qarzdorlikdan 11 trillion so`mi yoki 60 foizi oxirgi 3 yil mobaynida cho`zilib kelyapti. 

Nima uchun ushbu muammo bilan Muddati o`tgan qarzdorlikni qisqartirish komissiyasiga boshchilik qiladigan moliya vaziri va Markaziy bank raisi jiddiy shug`ullanmayapti?

    Boshqa yangiliklar