AsosiyDunyo

Go`zalligi tufayli ota-onasi ko`chaga chiqarmagan qiz

Bu qiz 26 yoshga kirgan bo`lsa-da, kiyimini almashtirish uchun hamon onasining yordamiga muhtoj, deb xabar beradi “Lemurov.net”  nashri.

Bu dunyoning shafqatsizligiga hech qanday shak-shubha yo`q. Go`zal qizlarga esa yigitlarning shilqimlik qilishi tabiiy holdir. Shuning uchun ham rossiyalik qizning ota-onasi uning go`zalligi tufayli ko`chaga chiqarishga qo`rqadi.

Rossiyalik Anjelika Kenova hech qachon uyidan tashqariga chiqmaydi. Chiqqan taqdirda ham uni bir necha tansoqchi qo`riqlaydi. Go`zal qizning xavfsizligini ta`minlash uchun ota-onasi tansoqchi yollagan. Agar Anjelikaga diqqat bilan tikilsangiz, uni tirik odamga emas, balki Barbi qo`g`irchog`iga o`xshatasiz.

“Agar insonning tashqi qiyofasida jiddiy nuqsonlar bo`lsagina, kosmetikadan foydalanish mumkin”, deydi qiz.

“Ota-onam bolaligimdanoq menga malikaga muomala qilganday muomala qilishgan. Ular ko`chaga chiqishimga, o`g`il bolalar bilan do`stlashishimga ruxsat berishmagan”, deydi Anjelika.

“Shuning uchun menga real hayotdagi voqealar begona, men xuddi tirik qo`g`irchoqqa o`xshayman. Bolaligimda ota-onam meni “Barbi” deb chaqirardi. O`zimni mazkur obrazga dasturlashtirilgandek his qilaman’’.

Anjelika plastik jarrohlik stolga biror marotaba yotmaganligini ta`kidlaydi. Uning tashqi qiyofasini tabiat haqiqatan ham qo`g`irchoqqa o`xshab yaratgan. Ota-onasi uning qomati chiroyli bo`lishi uchun sport bilan shug`ullanishga majbur qiladi. 26 yoshga kirgan Anjelika doimiy “kuzatuv” va “himoya” lardan qutulish uchun uyini tark etishni orzu qiladi.

“Ota-onam meni bir umr oynali saroyda saqladi, endi esa ozodlikka chiqishni istayman!” dedi qo`g`irchoq-qiz.

Boshqa yangiliklar