AsosiyShou-biznes

Lola bo`lajak turmush o`rtog`i Rossiyada yashashini ma`lum qildi

Ayni damda Moskva shahrida sayohat qilayotgan xonanda Lolaning  Instagram`dagi sahifasiga joylayotgan suratlari muhokamalarga sabab bo`lmoqda. 

Xonandaning ashaddiy muxlislari mazkur suratlardan uning sevgan insoni Moskvada yashashini taxmin qildi. Ulardan biri Lolaga shu savol bilan murojaat qildi.  “Turmush o`rtog`ingiz Moskvada yashaydimi, noyabr oyida ham Rossiyaga borgan edingiz?” degan savolga Lola “Xa” deya javob berdi.

Eslatib o`tamiz, Lola 2016 yil 7 avgust kuni Moskva shahridagi “Bolshoy Kosmos” konsert zalida yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan edi. 

Xonandaning Instagram`dagi sahifasini muntazam kuzatib boruvchi internet foydalanuvchilariga yaxshi ma`lumki, xonanda 2016 yilning noyabr oyida ham Rossiyaning Moskva shahriga borib kelgan edi. 

Xonanda bundan avval ham bir necha bor bo`lajak turmush o`rtog`ini uchratganiga shama qilgan edi.

Boshqa yangiliklar