O`zbekistonlik xalqaro groyssmeyster Gulruhbegim Toxirjonova Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi mamlakatlarining eng go`zal shaxmatchisi deb topildi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Shaxmat olamidagi nufuzli www.chess.pw saytida mintaqaning 8 nafar shaxmatchisi orasida eng go`zalini aniqlash borasida so`rovnoma o`tkazildi. 31 dekabr kuni boshlangan so`rov jarayonida hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova ham bor edi.
Quvonarlisi, o`tgan yili grossmeysterlik unvonini qo`lga kiritgan Gulruhbegim so`rovnomada eng ko`p ovoz to`plab, MDH mamlakatlarining eng go`zal shaxmatchisi deb topildi.
Ma`lumot uchun, Gulruhbegim Tohirjonova birinchi o`zbek ayol grossmeysteri Nafisa Mo`minovaning singlisi hisoblanadi.
KUChLI UChLIK:
Gulruhbegim Tohirjonova (O`zbekiston)
Samaganova Aleksandra (Qirg`iziston)
Alimbay qizi Ayjan (Qirg`iziston)





