AsosiySport

Samvel Babayan O`zbekiston termasining BAAdagi yig`ini uchun tarkibni e`lon qildi

O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 uchinchi saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko`rish maqsadida 21–24 yanvar kunlari BAAda qisqa muddatli yig`in o`tkazadi.

O`FF matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Samvel Babayan shogirdlari yig`in doirasida 22 yanvar kuni Daniya U-23 termasiga qarshi, 23 yanvar kuni esa Gruziya terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik o`yinlarini o`tkazadi.

Terma jamoa bosh murabbiyi BAAdagi yig`inga quyidagi futbolchilarni jalb qildi.

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Murodjon Zuhurov (“Bunyodkor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”).

Himoyachilar: Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Aleksandr Merzlyakov (“Buxoro”), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Bobur Yo`ldoshev (“Lokomotiv”), Islom To`xtaxo`jaev (“Lokomotiv”), Shuhrat Muhammadiev (“Lokomotiv”), Davron Hoshimov (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Salamat Quttiboev (“Buxoro”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Sardor Mirzaev (“Lokomotiv”), Server Jeparov (“Lokomotiv”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”).

Hujumchilar: Temurxo`ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”), Shohruz Norxonov (“Obod”), Igor Sergeev (“Paxtakor”).

“Nasaf” jamoasi OChL–2017 o`tish bosqichida Bahraynning “Al-Hidd” klubiga qarshi 31 yanvar kuni bahs olib borishi va unga tayyorgarlik ko`rishi sababli qarshiliklar tarkibidan yig`inga futbolchilar jalb etilmadi.

Bo`lajak yig`in FIFA kunlariga to`g`ri kelmaganligi uchun legioner futbolchilar BAAdagi o`quv-mashg`ulotlariga taklif etilmadi.

Ma`lumot o`rnida, O`zbekiston milliy terma jamoasi 12 fevral kuni Turkiyaning Antaliya shahridagi o`quv-mashg`ulotlarida Armaniston terma jamoasi bilan o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi.

O`zbekiston terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash boschiqi “A” guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda. Eron 11 ochko bilan birinchi, Janubiy Koreya 10 ochko bilan ikkinchi pog`onada bormoqda. 

Terma jamoa JCh–2018 turniriga saralash boschiqi navbatdagi — 6-turini 23 mart kuni Suriyaga qarshi safarda o`tkazadi. 

    Boshqa yangiliklar