Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon to`ng`ich o`g`li Rustam Emomalini poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinladi.
19 yil davomida poytaxtga rahbarlik qilgan 64 yoshli Mahmadsaid Ubaydulloev iste`foga chiqarildi. Shuningdek uning o`rinbosarlari hamda poytaxt tumanlari rahbarlari lavozimlaridan ozod etildi.
Mahmadsaid Ubaydulloev Parlament yuqori palatasi raisi sifatida davlatning ikkinchi shaxsi bo`lib qolmoqda.
Shu kungacha 29 yoshli Rustam Emomali korrupsiyaga qarshi kurashish hamda davlat moliyasini boshqarish Agentligiga rahbarlik qilgan. U MDH hududida eng yosh general sanaladi.
Rustam Emomali 1987 yilning 19 dekabr kuni tavallud topgan. Tojikiston Milliy universitetini Xalqaro iqtisodiy aloqalar mutaxassisligi bo`yicha tugatgan, RF TIV qoshidagi Dipakademiya tinglovchisi bo`lgan. Investisiya va Davlat mulk qo`mitasida, RT yoshlar uyushmasi raisi o`rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. “Istiqlol” futbol klubi tashkilotchilari va egalaridan biri, Tojikiston futbol Federasiyasi prezidenti. Oilali, uch nafar farzandi bor.





