“Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Arda Turan “Shanxay Shenxua” klubi bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, Xitoy klubi turkiyalik futbolchi uchun yiliga 20 mln evro to`laydi. 29 yoshli futbolchi Xitoyga ko`chib o`tishga rozilik berib bo`ldi. Ayni vaqtda futbolchining transfer qiymati borasida kelishish qoldi xolos.
Arda Turan 2015 yildan buyon “Barselona” sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u kataloniyaliklarning 21 o`yinida maydonga tushib, 11 ta gol urishga muvaffaq bo`ldi. Uning amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha mo`ljallangan.





